2026-yil 30-sentabr kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan ilmiy-ma'rifiy o‘quv seminari o‘tkazildi.

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlangan seminarda "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari - tarix fanlari doktori, professor Fayzulla Ernazarov va falsafa fanlari doktori (DSc), professor Jaloliddin Yusubovlarning ma’ruzalari tinglandi.