O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, jamiyatda do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashdagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi deputati, siyosiy fanlar doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Almagul Bayriyeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston — turli millat va elat vakillari tinch-totuv, ahil va hamjihatlikda yashayotgan bag‘rikeng diyor. Ana shu ezgu qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirib, ta’lim va targ‘ibot yo‘nalishida fidokorona mehnat qilayotgan Almagul Bayriyevaning yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlangani — ustozning ko‘p yillik samarali faoliyatiga munosib e’tirofdir.
Almagul Bayriyevani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub