Ra’no Axmedova   — Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti katta öqituvçisi, “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zosi
 
Yoşlar haqida gap ketganda, biz köp hollarda ularning tarbiyasi, muammolari va kelajagi haqida fikr yuritamiz. Ammo bir savolga yetarliça e’tibor qaratmaymiz: bugungi yoşlarning özi nimani istayapti, nimalarga qiziqyapti va kelajagini qanday tasavvur qilmoqda?
Aslida, yoşlar bilan samarali işlaş aynan şu savollarga javob topişdan boşlanadi.
Institutimiz tomonidan respublikamizning barça hududlarida 3 200 nafar yoş iştirokida ötkazilgan tadqiqot bizga muhim bir haqiqatni körsatdi: bugungi avlodning intilişlari özgargan. Yoşlar xorijiy tillarni örganiş, zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş, tadbirkorlik bilan şuğullaniş va öz imkoniyatlarini kengaytirişga intilmoqda. Ular uçun bilim — şunçaki diplom emas, balki hayotda öz örnini topiş vositasidir.
Ayni paytda, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni sport, kitobxonlik va ijodga jalb qiliş masalasi ham dolzarbligiça qolmoqda. Tadqiqot natijalarida sportga, intellektual musobaqalarga, badiiy adabiyot va zamonaviy kasblarga bölgan qiziqiş yaqqol namoyon böldi.
Biroq bizni öylantiradigan jihatlar ham yöq emas. İşsizlik, aniq maqsadning yöqligi, vaqtni behuda sarflaş va zararli odatlar ayrim yoşlarning öz salohiyatini röyobga çiqarişiga tösqinlik qilmoqda. Bunday vaziyatda faqat nasihat bilan çeklan­iş yetarli emas. Yoşning muammosini eşitiş, uning qiziqişini tuşuniş va töğri yölni tanlaşiga kömaklaşiş zarur.
Menimça, ma’naviy-ma’rifiy tarğibotda ham yondaşuvni özgartiriş vaqti keldi. Yoşlarga faqat qanday yaşaş kerakligini aytişdan köra, ular bilan birgalikda hayotiy savollarga javob izlaş ança muhim. Çunki bugungi avlod tayyor xulosalardan köra samimiy suhbatni, umumiy çağiriqlardan köra aniq imkoniyatlarni qadrlaydi.
“Ma’rifat haftaligi” bizga ana şunday muloqotlarni mahallalar va ta’lim muassasalarida keng yölga qoyiş imkonini beradi. Bu uçraşuvlarda yoşlar öz fikrini erkin bildirişi, qiziqtirgan savollariga javob olişi, taklif va taşabbuslarini ilgari surişi muhim.
Biz yoşlarga öz qaraşlarimizni singdirişdan avval ularning dunyoqaraşini anglaşga intilişimiz kerak. Çunki yoşlar bilan işlaşning eng töğri yöli — ularni eşitiş, tuşuniş va ularga işonişdir.
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub