Zaminimizda yaratilgan eng qadimgi yozma yodgorlik — “Avesto”da inson kamolotining uch asosi ko‘rsatilgan: ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal. Bu uchlik targ‘ibotning ham bosh mezoni bo‘la oladi. Fikr ezgu bo‘lmasa — so‘z yolg‘onga aylanadi, so‘z amal bilan tasdiqlanmasa— ishonch yo‘qoladi. “Avesto”da suv, yer, olov kabi tabiat ne’matlarini asrash, halol mehnat qilish muqaddas burch sifatida targ‘ib etilgan. Bu g‘oyalar ming yillar davomida xalqimiz turmush tarziga chuqur singib ketdi. Demak, ota-bobolarimiz targ‘ibotni quruq nasihat emas, balki hayot tarzi deb bilgan. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlarshahri” asarida baxtli jamiyatni ilmli va fazilatli rahbar boshqarishini ta’kidlagan. Uning fikricha, rahbar xalqni faqat so‘z emas, avvalo, o‘z shaxsiy namunasi bilan ezgulikka yetaklaydi. Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino esa ilm-fanni xalq manfaatiga xizmat qildirish g‘oyasi-ni qat’iy ilgari surgan.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub