🇺🇿🇹🇷“Bir ildiz, bir ma’rifat: О‘zbekiston – Turkiya dо‘stlik kо‘prigi” forumi doirasida Turkiyada bо‘lib turgan О‘zbekistonning bir guruh olim va ziyolilari Xatay shahri hokimi Hayrettin Gyungyor tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuvda Xatay shahri hokimi 2023 yildagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish jarayonida О‘zbekiston tomonidan kо‘rsatilgan amaliy yordamni alohida e’tirof etib, minnatdorlik bildirdi. О‘zbekistonning og‘ir kunlarda Xatay aholisiga birinchi bо‘lib yordam qо‘lini chо‘zgan davlatlardan biri ekanini ta’kidladi.
Muloqotda ilm-fan, ma’rifat, madaniyat va ma’naviyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qо‘shma loyihalar kо‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Xatay shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, turli uchrashuv va tadbirlarni muntazam tashkil etish bо‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shahar hokimi О‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida Xatayda, xususan, о‘zbek mahallalarida tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchun ham minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv yakunida О‘zbekiston va Xatay shahri о‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki xalq о‘rtasidagi dо‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan qо‘shma loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|YouTub