“Özbekiston — öz-özimizniki!” şiori ostidagi “Ma’rifat haftaligi” doirasida Germaniya, Turkiya, AQŞ, Yaponiya va Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoşlarimiz bilan Zoom orqali onlayn uçraşuv bölib ötdi.
Muloqotda “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov, yuridik fanlar doktori Feruza Muhiddinova hamda “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zosi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti yetakçi ilmiy xodimi, şoira Şahlo Axrorova iştirok etdi. Ular vatandoşlarga taqdim etiladigan kitoblarning mazmuni va ma’rifiy ahamiyati haqida söz yuritdi.
Loyiha doirasida “Ma’naviyat” naşriyotida çop etilgan kitoblar beş mamlakatning har biridagi vatandoşlarimizga yetkaziladi. Kitoblar Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizning mazkur davlatlardagi elçixonalariga yuboriladi.
Uçraşuvda xorijda kitobxonlikni keng yoyiş, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizni tarğib etiş masalalari muhokama qilindi. Savol-javob davomida iştirokçilar fikr almaşib, kitoblarni vatandoşlarga yetkaziş va kitobxonlikni rivojlantiriş böyiça takliflarini bildirdilar.
✅ Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube