TAYINLOV!
✅1989-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Urganch davlat universiteti va Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
✅ J.Yusubov "Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni sohibi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, Eskpertlar Kengashi a'zosi. "Eng faol milliy g'oya va ma'naviyat targ'ibotchisi" Respublika ko'rik tanlovi 2 marotaba g'olibi. 200 dan ortiq turli diplom, tashakkurnoma, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
✅ 1 ta monografiya, 6 ta o'quv qo'llanma, 2 ta lug'at, 11 ta uslubiy qo'llanma, 2 ta risola va 3 ta uslubiy ko'rsatma muallifi, 3 ta grand a'zosi, 4 ta patent guvohnomasi mavjud. 4 ta Scopus maqolasi, 10 dan ortiq xorijiy jurnallar, 50 dan ortiq OAK mahalliy jurnallarda va 60 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiyalarida maqolalari chop etilgan. Uning rahbarligida 3 nafar falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqqiyatli himoya qilingan.
✅Tayinlovga qadar J.Yusubov O'zbekiston Milliy universiteti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i, Ijtimoiy fanlar fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini, dotsent va professor vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub