Buxoro viloyatida “Ma’rifat haftaligi” doirasida tarğibot guruhi a’zolari Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, 103 yoşni qarşilagan faxriy inson Ahmad Muhsinov xonadoniga taşrif buyurdi. Samimiy muloqot davomida asrlarga tatigulik hayot yölini bosib ötgan otaxonning hayotiy tajribalari, uruş yillaridagi maşaqqatlar, mehnat va matonatga yöğrilgan xotiralari tinglandi. Bir asrlik umr  bu nafaqat uzoq yaşaş, balki tarixning aççiq saboqlari, hayot sinovlari va avlodlarga qoldiriladigan bebaho tajriba demakdir.
Suhbat davomida tinçlikning qadriga yetiş, osuda hayotning ne’mat ekanini anglaş, bugungi kunlarga şukronalik bilan yaşaş xususida fikr almaşildi. Faxriy otaxonning hayot yöli yoş avlod uçun çinakam ibrat maktabi ekani ta’kidlandi. Zero, tinçlik bor joyda taraqqiyot, farovonlik va baxtli kelajak böladi. Bunday uçraşuvlar keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom körsatiş, tarixiy xotirani asraş hamda yoşlarda Vatanga sadoqat va tinçliksevarlik tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatişda davom eting!Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube