"Ma’rifat karvoni" Toshkent shahar tumanlari kesimida o‘tkazilmoqda
Chilonzor tumanida tumanida "Ma’rifat karvoni" loyihasi doirasida seminar-tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi tantanalaridagi ma’ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish va hayotga tatbiq etish maqsadida o‘tkazildi.
Seminarda tuman miqyosidagi mahalla yettiligi a’zolari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi dolzarb mavzu yuzasidan "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, yuridik fanlari doktori, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Feruza Muhitdinova ma’ruzachi sifatida qatnashib, belgilangan yo‘nalishlarning ahamiyatini huquqiy va ijtimoiy jihatdan batafsil yoritib berdi. Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va hududlarda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha kelgusi vazifalarni belgilab oldilar.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub