Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!

Osiyo texnologiyalari institutida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari, falsafa fanlari doktori, professor, Jamila Shermuhammedova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari, senator Komila Karamova va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub