🇺🇿 Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarning asosiy maqsadi — davlat rahbari nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni xodimlarga yetkazish, mamlakat taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish, shuningdek, kelgusi vazifalarni belgilashdan iborat bo‘ldi.
Seminarda «MA’RIFAT» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Fayzullo Ernazarov va Eshmurod Raximov mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Ma’ruzalarda mustaqillik yillarida erishilgan natijalar va uning tarixiy ahamiyati, inson qadrini ulug‘lash va huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish, jamiyat va davlat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
🎤 Tadbir yakunida ishtirokchilar bildirilgan g‘oya va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub