🇺🇿🇹🇷 “Ma’rifat elchilari” loyihasi a’zosining maqolasi turk nashrida chop etildi

Turkiyalik taniqli olim va davlat arbobi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining faxriy a’zosi, “Ma’rifat elchilari” loyihasi ishtirokchisi Kemal Yavuz Atamanning O‘zbekiston va mamlakatimiz rahbari haqida so‘z yuritilgan maqolasi Turkiya nashrida e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda davlatimiz rahbarining mamlakat rivoji yo‘lidagi tashabbuslari haqida fikrlar bayon etilgan.

Kemal Yavuz Ataman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini Turkiyada keng targ‘ib etib kelmoqda.

Maqolani batafsil ushbu havolada o'qishingiz mumkin.

✅Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub