"Yangi O'zbekiston" gazetasining navbatdagi sonida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Baxtiyor Husanovning "Ma'rifat karvoni– vatanparvarlik tafakkurimizda yuksaladi" nomli maqolasi chop etildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ma’rifat karvoni”ni oddiy targ‘ibot tadbirlari silsilasi deb qarab bo‘lmaydi. Bu fikrni joylarga olib borish, uni muhokama qilish, odamlarning savollariga javob izlash, eng muhimi, islohotlar mazmunmohiyatini hayotiy misollar bilan anglatishga qaratilgan ma’rifiy harakatdir.Bugun odamlarga balandparvoz gap emas, ishonchli dalil kerak. Quruq shior emas, hayotiy misol kerak. Bir tomonlama ma’ruza emas, ochiq muloqot qiziq. Shuning uchun biz bu safarni, avvalo, o‘zimizdan boshladik.Avvalo, ta’kidlash lozimki, targ‘ibotchi shunchaki notiq emas.Prezidentimizning mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi o‘tgan o‘ttiz besh yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish bilan birga oldimizda turgan yangi vazifalarni ham aniq belgilab berdi. Nutqda inson qadri, erkinlik, iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim, tibbiyot, yoshlar, ilm-fan, sun’iy intellekt va intellek tual salohiyat kabi o‘zaro bog‘liq ulkan masalalar bir butun taraqqiyot manzarasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Gazeta bilan ushbu havolada batafsil tanishishingiz mumkin.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub