🇺🇿 Olmazor tumanidagi 134-sonli umumta’lim maktabida “Shukronalik” hamda "Ma'rifat karvoni" doirasida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

Uchrashuv davomida mamlakatimiz hayotidagi muhim voqealar, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘zlangan nutqning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida tadbirlar joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub