O‘zDJTU da "Ma'rifat“ targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, "Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyati, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” g‘oyasi, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, kitobxonlik va ta’lim masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar O‘tgan tuman Axborot-kutubxona markazi bo‘lim rahbari Mirzoyeva Gulhayo, Toshkent shahar kengashi a’zosi hamda Yoshlar maslahat guruhi rahbari Irgashev Sarvarxon ham tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ma’naviyat va kitobxonlikning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Mazmunli va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv talabalarda Vatanga sadoqat, ma’naviy qadriyatlarga hurmat hamda kitobxonlik madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub