🇺🇿 Qashqadaryo viloyati bo’ylab "Ma'rifat karvoni" loyihalari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tumanlar kesimida davom etmoqda. Muborak, Yakkabog’ tumanlari va Qarshi shahrida “Ma’rifat karvoni” doirasida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida tadbirlar joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub