🇺🇿Namangan viloyatida "Ma'rifat karvoni" loyihalari tumanlari kesimda davom etmoqda

Pop tumanida “Ma’rifat karvoni” doirasida o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

Unda Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti, tarix fanlari nomzodi Zahriddinbobir Haydarov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Iqboljon Xoliqov ma’ruza qilib, louihaning mazmun va mohiyati haqida . O'quv seminarda tumandagi maktab direktorlari ishtirok etdi.

Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida tadbirlar joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub