🇺🇿Samarqand viloyati tumanlari bo'ylab “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari davom etmoqda

Samarqand viloyati Toyloq tumani hokimligida ma’naviyat targ‘ibotchilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiridagi ma’ruzalarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati hamda yangi taraqqiyot bosqichining asosiy maqsadlari haqida atroflicha fikr yuritildi.

Targ‘ibot tadbirida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti Umurov Sharif Radjabovich, Samarqand davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi o‘qituvchisi Jumayev Abror Muzaffarovich, “Yuksalish” harakati Samarqand viloyati bo‘limi rahbari o‘rinbosari, viloyat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Kudratov Nodir Nematillayevichlar ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, milliy o‘zlikni anglash, inson qadrini ulug‘lash, yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamiyat taraqqiyotida har bir fuqaroning mas’uliyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub