Xalqaro hamkorlik: Yangi ilmiy-ma’rifiy istiqbollar
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (ECO) Madaniyat instituti prezidenti Muhammad Hassan hamda institut direktorining yordamchisi Ahmad Akalin ishtirokida “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot jarayonida xalqaro ilmiy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida xorijlik olimlar va ziyolilarni hamkorlikka jalb etish va ilmiy-ma’rifiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub