🇺🇿Tumanlar kesimida "Birlashib, buyuk tarix yaratamiz" mavzusida "Ma’rifat karvoni" ilmiy-ma’rifiy loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazilishi davom etmoqda.

Farg’ona viloyati Uchko‘prik tumanida loyiha doirasida targ‘ibot o‘quv seminari o’tkazildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgani qayd etildi.

"Ma’rifat karvoni" o‘quv seminari davomida Prezidentimiz nutqida belgilangan strategik vazifalarni aholiga sodda, xalqchil va hayotiy misollar asosida tushuntirish, islohotlarning inson hayotidagi amaliy ahamiyatini ochib berish va jamiyatda daxldorlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub