’rifat_karvoni
🇺🇿 Sirdaryo viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarlar davomida targ‘ibotchilar uchun hududlarda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, auditoriya bilan ishlash, targ‘ibot jarayonida zamonaviy usul va yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida 40 nafar targ‘ibotchi orasidan faol ishtiroki, bilim va ko‘nikmalari hamda amaliy mashg‘ulotlardagi natijalariga ko‘ra 20 nafar targ‘ibotchi saralab olindi. Ularga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Mazkur seminarlar targ‘ibotchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, hududlarda ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yanada samarali va manzilli tashkil etishga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub