🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Turkiyada ham o'tkaziladi
Turkiyadagi vatandoshlar bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy uchrashuvni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish hamda Turkiyalik taniqli olim va davlat arbobi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining faxriy a’zosi Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdimoti masalalariga bag‘ishlangan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida mazkur tadbirlarning mazmun-mohiyati, tashkiliy jihatlari, ishtirokchilar tarkibi hamda madaniy-ma’rifiy dasturini samarali tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash hamda yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va bugungi taraqqiyotini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub