🇺🇿 BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!

📚 “Ma’rifat karvoni” Sirdaryoda!

⚡️ Bugun, 15-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida Ma’rifat karvonining Sirdaryo viloyatidagi tadbirlariga start berildi.

➡️ Yangi O‘zbekiston, bu, avvalo, yangi tafakkur, yuksak ma’naviyat va xalqimizning bunyodkorlik salohiyatiga tayanadigan davlatdir.

🎙 Bugungi keng ko‘lamli islohotlarning samarasi ham jamiyatimizda ma’rifat, daxldorlik, vatanparvarlik va bunyodkorlik ruhini yanada kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Ma’rifat karvoni doirasidagi uchrashuvlar ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilib, inson qadrini ulug‘lash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, tarixiy xotirani mustahkamlash va yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🟡 Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Mavlonberdiyev, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muxitdinova, iqtisod fanlari nomzodi Obiddin Mahmudov, falsafa fanlari doktori, professor Jaloliddin Yusubov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Murodjon Xaitov, nuroniylar, tuman va shahar tashkilotlari hamda viloyat tashkilotlarining ma’naviyat yo‘nalishiga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🫥 Uchrashuvlarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, milliy o‘zlik, vatanparvarlik, jamiyat taraqqiyotida ma’rifatning o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub