🇺🇿Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan asosiy g‘oyalarga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
🟠Tadbir davomida milliy tarix va ma’naviy meros, Uchinchi Renessans g‘oyalari, inson qadrini yuksaltirish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar masalalari ko‘rib chiqildi.
🟠Prezidentning asosiy tashabbuslari, mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalari, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yettita milliy dasturning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
🟠Ishtirokchilarga “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi taqdim etildi, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan mavzuli videomateriallar namoyish etildi.
Mustaqillik - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori va xalqimizning buyuk tarixiy yutug‘idir.
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub