’rifat_karvoni’ona

🇺🇿 Farg'ona viloyatida “Marifat karvoni” loyihalari tumanlar kesimida davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg'ona viloyati bo'limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning ahamiyatini tushuntirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, falsafa, tarix va filologiya fanlari mutaxassislari tomonidan ma'ruza qilindi. Unda yurtimizning boy tarixiy merosi, milliy o‘zlik, inson qadri, yoshlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va “Milliy yuksalish o‘n yilligi”ning ustuvor yo‘nalishlari haqida so'z yuritildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub