🇺🇿“BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ”
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Ma’rifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda.
Unda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, taniqli san’atkorlar Iroda Iskandarova va Alisher Ro‘zmetov, shuningdek, qoraqalpog‘istonlik taniqli san’atkorlar ishtirok etadi.
📅 Sana: 12-sentabr ⏰ Vaqt: 18:00
Barchangizni ushbu ma’rifat va san’at bayramiga taklif etamiz!
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub