🇺🇿"Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati tashabbusi bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari, shuningdek, AQShdagi о‘zbek diasporasi vakillari uchun Zoom platformasi orqali О‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimiz taraqqiyotida erishilayotgan yutuqlar hamda yoshlarning Yangi О‘zbekiston ravnaqiga qо‘shayotgan hissasi mavzusida onlayn muloqot о‘tkazildi. Unda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi - Otabek Almardonov ishtirok etib, Prezidentimizning Mustaqillik kunidagi tabrik nutqi, mamlakat taraqqiyotining bugungi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar, yuzasidan fikr bildirdi. Onlayn suhbat yakunida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi xalqimizni ezgu maqsadlar va yuksak marralar sari birlashtiruvchi qutlug‘ sana ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, dunyoning turli mamlakatlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan о‘zbekistonlik yoshlar Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan Yangi О‘zbekiston ravnaqiga munosib hissa qо‘shishga tayyor ekani qayd etildi. ✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub