35 yillik taraqqiyot: mustaqillik, islohot va inson qadri

🇺🇿 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalarining rahbar va xodimlari ishtirok etgan mazkur seminarni vazir oʻrinbosari Ra'no Turdiboyeva olib bordi.

📚 Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Suhrob Xidirov, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mansur Yunusov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi ilmiy tadqiqotchisi Luiza Arifxo‘jayeva tomonidan ma’ruzalar taqdim etildi.

📌 Seminarda milliy tarix va ma’naviy meros, Uchinchi Renessans, inson qadri, 35 yillik islohotlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor vazifalari haqida fikrlar bildirildi.

🎬 Shuningdek, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan "O‘zbek kelayotir, tarix qa’ridan" videoklipi va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etiladi.

🇺🇿 Mustaqillik, milliy g‘urur, yuksak maqsadlar va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub