🎓 “Kitobxon Toshkent”, loyihasining 3-mavsumi ko‘tarinki ruhda davom etmoqda!

🇺🇿 Toshkent shahar hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida Toshkent shahrida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish hamda kitobga bo‘lgan mehrini oshirishga qaratilgan “Kitobxon Toshkent” loyihasining 3-mavsumi qizg‘in davom etmoqda.

📚 Navbatdagi tadbir ham kitobsevarlar, ziyolilar va yoshlarning faol ishtirokida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, sevimli asarlari, adabiyot va mutolaa borasidagi bilimlarini namoyon etdilar.

📖 “Kitobxon Toshkent” loyihasi orqali yoshlar o‘rtasida mutolaa muhiti yanada mustahkamlanib, kitob o‘qishni hayot tarziga aylantirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar keng quloch yozmoqda.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub