🇺🇿BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!

🇺🇿 2026-yil 9-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan gʻoyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan oʻquv seminari oʻtkazildi.

🔘Oʻquv seminarida Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tizimdagi tashkilot va muassasalardan (videokonferensaloqa shaklida) besh mingdan ortiq xodimlar ishtirok etdi. 🔘Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga bagʻishlangan videorolik namoyishi bilan boshlangan seminarda uchta asosiy mavzu boʻyicha “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyati a’zolarining ma’ruzalari tinglandi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub