Bugun, 9-sentabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari maslahatchisi, Axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati ekspertlar kengashi a'zosi Bahora Ahmedovaning tavallud ayyomi.

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati jamoasi nomidan Bahora Ahmedovani tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. B.Ahmedovaga mustahkam sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida esa ulkan muvaffaqiyat va yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz. Ma’naviyat va ma’rifat yo‘lidagi ezgu faoliyatlari, tashabbuslari hamisha samarali bo‘lib, el-yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari bardavom bo‘lsin!

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub