’rifat_karvoni
🇺🇿 Namangan viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarlar davomida targ‘ibotchilar uchun hududlarda ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, auditoriya bilan ishlash, targ‘ibot jarayonida zamonaviy usul va yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
✍️ Ma’lumot uchun, ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini joylarda manzilli targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub