’rifat_karvoni
🇺🇿Ayni vaqtda Xorazm viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Ma'rifiy-madaniy tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, siyosiy fanlari doktori Otabek Xasanov ishtirok etdi.
Seminar davomida tuman va shaharlarda loyihani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibotchilarga maxsus metodik ko‘rsatmalar berilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni aholi va yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
✍️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etiladigan mazkur tadbirlar joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub