✅✅✅✅

🇺🇿 Davlatimiz rahbarining Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami tantanasidagi nutqida bayon etilgan gʻoya va tashabbuslar mazmun-mohiyati va keltirilgan muhim tashabbuslar targʻibotiga bagʻishlangan seminar tadbiri boʻlib oʻtdi.

🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari uchun oʻtkazilgan tadbirda vazir oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼullari hamda Maʼrifat targʻibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi hamda mavzuga doir oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

➖ Taʼkidlanganidek, Prezidentimizning “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan mazkur nutqida yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini taʼminlashga qaratilgan keyingi oʻn yillikka moʻljallangan muhim tashabbus va rejalar ilgari surilgan.

🔹 Xususan, bilim va malakani rivojlantirish, sogʻlom va uzoq umr, yuqori texnologiyali iqtisodiyot, suv va tabiatga munosabatni oʻzgartirish, sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini taʼminlash, mahalla institutini rivojlantirish, Oʻzbekistonning tashqi siyosatiga doir yettita milliy dastur xususida hayotiy misollar yordamida fikr yuritildi.

👉 Oʻzaro muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir soʻnggida mavzuga doir savollarga mutaxassislar tomonidan javob berib oʻtildi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub