🌠 Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!

⭐️ 2026-yil 8-sentabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazildi.

🗓 O‘quv seminarida Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

➡️ Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlarga bag‘ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlangan seminarda uchta asosiy mavzu bo‘yicha "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolarining ma’ruzalari tinglandi.

⚫️ “Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros” mavzusida chiqish qilgan tarix fanlari doktori, professor, Fayzulla Ernazarov uzoq va shonli tarixga, boy davlatchilik va madaniyat an’analariga ega buyuk xalq ekanligimiz, ana shu tarixiy o‘zlikni anglash har birimizning qalbimizda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va kelajakka ishonch tuyg‘usini kamol toptirishi, ammo g‘ururning yonida doim mas’uliyat turishi, Xorazmiy, Beruniy va Ibn Sinolar qoldirgan ilmiy meros bizni faqat maqtanishga emas, ularga munosib bo‘lishga, dunyo ilm-faniga yangidan hissa qo‘shishga undashi zarurligi, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lish - ana shu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish ekanligini ta’kidladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/216674

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub