Milliy yuksalish yo’liL yoxud kelgusi o‘n yillikning yaxlit yo‘l xaritasi Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yayotganini ta’kidlab, kelgusi o‘n yillikni milliy yuksalish davri sifatida belgiladi. Bu g‘oya shunchaki siyosiy shior yoki navbatdagi vazifalar majmui emas. U Yangi O‘zbekistonning uzoq muddatli taraqqiyot modeli, davlat va jamiyat rivojining yangi falsafasi hamda xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini amaliy natijalar bilan mustahkamlaydigan strategik dasturdir.

Milliy yuksalish, eng avvalo, insonning bilimi, salomatligi, daromadi, huquqiy himoyasi, munosib yashash muhiti va kelajakka ishonchi bilan o‘lchanadi. Shu nuqtai nazardan, inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dastur ta’lim, sog‘liqni saqlash, yuqori texnologiyali iqtisodiyot, ekologiya, qonun ustuvorligi, mahalla va tashqi siyosatni yagona maqsad atrofida birlashtiradi. Ularning har biri mustaqil yo‘nalish bo‘lishi bilan birga, o‘zaro chambarchas bog‘langan yaxlit taraqqiyot mexanizmini tashkil etadi.

✍️ Azizbek AMONOV, Sosiologiya fanlari bo‘yicha bo‘yicha falsafa doktori, Respublika «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi 👉Бухорода фан ва таълим

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub