’rifat_karvoni
🇺🇿 Navoiy viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminarlari samarali tashkil etildi.
Loyiha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar davomida tariximiz, milliy qadriyatlarimiz va bugungi taraqqiyotimizga oid muhim mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilar bilan mazmunli muloqotlar o‘tkazildi. Seminarlar yosh avlodni milliy tariximizga hurmat va daxldorlik ruhida tarbiyalash, ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda jamiyatda ma’naviy birlikni mustahkamlashga xizmat qildi. ✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub