’ston ’rifat_karvoni

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida tuman va shaharlarda loyihani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibotchilarga maxsus metodik ko‘rsatmalar berilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni aholi va yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududlardan jami 30 nafardan targ‘ibotchi orasidan eng faol 15 nafari saralab olindi. Ular mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida manzilli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ochiq muloqotlarni tashkil etishga jalb etiladi.

✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub