’ston ’rifat_karvoni
🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminarlari o’tkazilmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, yurtimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini joylarda keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Seminarlar qizg’in tus olmoqda, unda ishtirokchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, birlik va hamjihatlikning ahamiyati hamda kelgusidagi muhim vazifalar haqida fikr almashilmoqda.
✍️Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida tadbirlar joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub