📰 “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 10-oktabrdagi 210-sonida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, pedagogika fanlari doktori, professor Rahimboy Jumaniyozovning “Texnologiya bilim beradi, ustoz esa qalb” nomli maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada muallif zamonaviy ta’lim tizimida texnologiyalarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qilar ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida ustoz shaxsiyati, uning ma’naviy qiyofasi, hayotiy tajribasi va yosh avlod qalbiga ta’sir ko‘rsatish mahorati beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi.
Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bir qatorda, ta’limning insonparvarlik mohiyatini saqlash, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ma’naviy-axloqiy fazilatlar va hayotiy qadriyatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
📖 Maqolani mutolaa qilishni tavsiya etamiz!
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub