Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Siddiq Rahmatov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bekto‘sh Berdiyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Turg’un Beknazarov, Falsafa fanlari bo’yifa falsafa doktori(PhD) Maftuna Namozovalar ishtirok etdi. Tadbirda so’zga chiqqanlar yoshlarga kitob mutolaasining ahamiyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy meros va bugungi yosh avlodning bilim olishga intilishi haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati va uning boy ilmiy-ma’rifiy merosni o‘rganishdagi o‘rni haqida ma’lumot berishdi.
Uchrashuv davomida kitob taqdimoti o‘tkazilib, o‘quvchilarning adabiyotga qiziqishini oshirish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni izlanish va mutolaaga undashga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube