🔍 “ÖzLiDeP bilan birga taraqqiyot sari – hamkorlik” loyihasi doirasida Özbekiston Milliy universitetida falsafa fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zosi Jamila Şermuhamedova iştirokida “Yangi Özbekiston yoşlarining bugungi kunda yot ğoyalarga qarşi kuraşdagi intellektual salohiyati” mavzusida zamonaviy interfaol seminar-trening ötkazildi.
 
🔍 Seminar-trening an’anaviy ma’ruza şaklida emas, balki yangi zamonaviy uslub va interfaol metodlar, kreativ yondaşuv hamda motivatsion muloqot asosida taşkil etildi. Unda talabalar mavzu yuzasidan öz fikrlarini erkin bildiriş, savol-javoblarda faol qatnaşiş, hayotiy misollar va aniq dalillar asosida muşohada yuritiş imkoniga ega böldilar. Trening davomida Jamila Toşpölatovna bugungi globallaşuv davrida yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş, dunyoqaraşini kengaytiriş, axborot xurujlari va turli yot ğoyalarga nisbatan mustaqil fikrga ega böliş masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Tadbirda universitet Xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi Ra’no Rustamova, universitet psixologlari Zuhra Saidova va Aziza Şoraxmatovalar ham iştirok etdilar.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube