Joriy yilning 10–12-noyabr kunlari Toşkent viloyatida “Özbekiston — öz-özimizniki!” şiori ostida ötkazilayotgan yirik “Ma’rifat haftaligi” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi Toşkent tumanida ham kötarinki ruhda boşlandi. Mazkur haftalikning asosiy maqsadi aholi, xususan, yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaş va ularning ilm-fanga qiziqişini oşirişdan iboratdir. Loyiha doirasidagi dastlabki tadbirlardan biri Markaziy Osiyo atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişini örganiş universitetida “Ilm — kelajak kaliti” mavzusida taşkil etilgan maxsus seminar bilan oçib berildi.
Mintaqamizning yetakçi ilm-fan öçoği hisoblangan uşbu oliygohda bölib ötgan seminarda jamiyat taraqqiyotida ta’limning örni beqiyos ekanligi alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar va tarğibotçilar tomonidan yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, zamonaviy bilim hamda innovatsiyalarni hayotga tatbiq etiş, şuningdek, ekologik madaniyatni yuksaltiriş masalalari böyiça çuqur tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi. Iştirokçilar uçun dolzarb ahamiyatga ega bölgan bu kabi muloqotlar yoş avlod dunyoqaraşini boyitişga xizmat qiladi.
Ahamiyatli jihati şundaki, tarğibotçilar guruhi tomonidan tuman hududidagi 2 ta oliy ta’lim muassasasi, Madaniyat markazlari hamda Axborot-kutubxona markazlarida ötkazilgan sermazmun uçraşuvlar orqali deyarli barcha tuman aholisini ma’naviy-ma’rifiy qamrab olişga erişildi. “Ma’rifat haftaligi” doirasidagi xalqçil va ommabop tarğibot tadbirlari hududning turli manzillarida keng jamoatçilik vakillari iştirokida uzluksiz davom ettirilmoqda. Uşbu ezgu sa’y-harakatlar tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlaş va aholi kayfiyatini kötarişga munosib hissa qöşmoqda.
✅Bizni kuzatişda davom eting!Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube