Haftalik doirasida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Kattaqo‘rg‘on shahrining “Chinobod” mahallasida istiqomat qiluvchi, mustaqillik yillarida Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan marhum Ulug‘bek Barnoyevning xonadoniga tashrif buyurishdi.
“Millat fidoyilari” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarning jasorati, mardligi va fidoyiligi yodga olindi. Qahramonning yaqinlari bilan samimiy suhbat qurilib, uning hayot yo‘li va Vatan oldidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi.
Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan insonlarning xotirasini e’zozlash, ularning jasoratini yosh avlodga yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.
✅Bizni kuzatişda davom eting!Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube