Buyuk jadid bobomiz Mahmudxöja Behbudiy 1911-yilda “Padarkuş” dramasini yozgan. Asar 1913-yilda naşr etilib, 1914-yilda ilk bor sahnalaştirilgan.
🎭 “Padarkuş” — özbek dramaturgiyasi tarixidagi ilk drama asari sifatida e’tirof etiladi. Unda ilm-ma’rifatning inson hayotidagi örni, jaholatning ayançli oqibatlari, farzand tarbiyasi va ota-onaning mas’uliyati ta’sirçan badiiy obrazlar orqali yoritilgan.
📌 Jadidlar uçun teatr şunçaki san’at emas, balki millatni uyğotiş, jamiyatni ma’rifat sari yetaklaş va xalq tafakkurini özgartirişning qudratli vositasi edi.
Ular sahna orqali xalqni ilm olişga, jaholatdan yiroq bölişga, öz kelajagi va farzandlari taqdiriga befarq qaramaslikka çaqirdilar.
💡 Ma’rifat — jamiyatni özgartiradigan kuç!
💬 Sizningça, bugungi kunda teatr yoşlar dunyoqaraşini şakllantiriş va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda qanday ahamiyat kasb etadi?
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub