– Hamza Hakimzoda Niyoziy.
Özbek jadidçilik harakatining taniqli namoyondalaridan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy ilm-ma’rifatni inson va jamiyat taraqqiyotining eng muhim omili deb bilgan. Uning ijodida jaholatga qarşi kuraşiş, yoşlarni bilim olişiga undaş va xalqni ma’rifat sari yetaklaş ğoyalari alohida örin tutadi.
Bu fikrning mazmuni nimada?
Şoir quyoşning olamni yoritişidagi ahamiyatini ilmning inson hayotidagi örni bilan qiyoslaydi. Quyoş borliqni yoritsa, ilm insonning tafakkurini yoritadi, dunyoqaraşini kengaytiradi va uni jaholatdan uzoqlaştiradi
Nega bu fikr bugun ham dolzarb?
Bugungi kunda axborot oqimi, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Bunday şaroitda şunçaki ma’lumotga ega böliş emas, balki uni tahlil qiliş, haqiqatni yolğondan ajratiş va mustaqil fikrlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
📌Ilm insonni yoritadi, ma’rifat esa jamiyatni taraqqiyot sari yetaklaydi!
✅Bizni kuzatişda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub