Men mamlakatimizda yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanişga harakat qilib kelmoqdaman. Davlatimiz rahbari tomonidan yoşlarga bildirilayotgan yuksak işonç va e’tibor, berilayotgan imkoniyatlar hayotimda katta marralarni zabt etişimga zamin yaratdi. Xususan, xalqaro miqyosdagi turli tadbirlar, konferensiya va anjumanlarda iştirok etib, öz bilim va tajribamni oşiriş, yurtimiz yoşlarining salohiyatini namoyon etiş imkoniga ega böldim.
Bugun Yangi Özbekiston yoşlari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro maydonlarda ham özining munosib örniga, mustaqil fikri va salohiyatiga ega ekanini namoyon etmoqda. Turli nufuzli minbarlarda yoşlarimizning dadil fikr bildirayotgani, taşabbuslari bilan çiqayotgani barçamizga faxr bağişlaydi. Bu esa yoşlarga bildirilayotgan işonçning amaliy ifodasidir.
Işonçim komilki, bugun intilayotgan, izlanayotgan va öz ustida işlayotgan yoşlar ertaga dunyoni zabt etişga qodir. Buning uçun bizga bilim, qat’iyat, taşabbus va Vatanga sadoqat kerak. Biz, Yangi Özbekiston yoşlari, birlaşib, bor bilim va salohiyatimizni yurt ravnaqiga safarbar etgan holda, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişga munosib hissa qöşamiz.
✅Bizni kuzatişda davom eting! Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube