Navoiy viloyatida davom etayotgan “Ma’rifat haftaligi” doirasida Nurota tumani Axborot-kutubxona markazida “Ma’rifat ulashib” loyihasi tashkil etildi. Tadbirda mahalliy ijodkorlar, kitobsevar yoşlar, kutubxona xodimlari hamda mahalla faollari iştirok etdi. Uçraşuvda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, adabiyot va ijodga qiziqişni oşiriş, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni tarğib etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’rifiy uçraşuvda şoir, “Ma’naviy hayot” jurnali boş muharriri örinbosari Şodmonqul Salom, siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori Bektoş Berdiyev, Din işlari böyiça qömitaning mas’ul xodimi Jahongir Meliqöziyev hamda Özbekiston xalq artisti Odina Ğoziyeva iştirok etdi. Muloqot davomida kitob taqdimoti, mutolaaning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi örni, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining ahamiyati, şuningdek, yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş va ustoz-şogird an’analarini rivojlantiriş yuzasidan fikrlar bildirildi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi kitob va ijod orqali avlodlar örtasida ma’naviy köprik yaratadigan, yoşlarni bilim, izlanış va yuksak maqsadlar sari ruhlantiradigan muhim muloqot maydoniga aylandi. Zero, kitobga mehr uyğotilgan har bir qalbda ma’rifatga intiliş kuçayadi, ma’rifatli avlod esa jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.