Bugun Navoiy davlat universitetida buyuk mutafakkir, söz mulkining sultoni, turkiy adabiyotning uluğ namoyandasi Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligiga bağişlangan Navoiyşunoslar forumi bölib ötdi.
Uluğ mutafakkirning boy adabiy-ilmiy merosini çuqur örganiş, uning bebaho asarlarida mujassam adabiy-estetik qaraşlar, umuminsoniy qadriyatlar va ma’naviy-ma’rifiy ğoyalarni keng tarğib etişga qaratilgan anjuman ilmiy va ma’rifiy muloqot maydoniga aylandi.
Anjumanda Alişer Navoiyning turkiy adabiyot taraqqiyotidagi beqiyos örni, özbek adabiy tilining şakllanişi va rivojiga qöşgan ulkan hissasi, asarlarining badiiy-falsafiy mohiyati, şuningdek, navoiyşunoslikning bugungi dolzarb masalalari atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, buyuk şoir merosini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida tadqiq etiş, uning asarlarini yoş avlodga mazmun-mohiyati bilan yetkaziş hamda Navoiy ijodiga bölgan qiziqişni yanada oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Alişer Navoiy ijodi kelajak avlod uçun hayotiy saboq, ma’naviy mezon va tafakkur maktabi ekani e’tirof etildi. Uning asarlarida uluğlangan adolat, ezgulik, insonparvarlik, ilm-ma’rifat va komillik ğoyalari asrlar oşa insoniyatni yuksaklik sari çorlab kelmoqda.
Mazkur forum buyuk mutafakkir merosini yanada teran anglaş, navoiyşunoslik ilmiy maktabini rivojlantiriş, ilmiy izlanişlar samaradorligini oşiriş yölidagi muhim ma’rifiy qadamlardan biri böldi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram