🚜 “O‘zagrolizing” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘zlangan nutqning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
💬 Tadbirda mamlakatimizning uch ming yillik tarixiy ildizlari, milliy o‘zlik, boy ma’naviy meros hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
⏺Ma’ruzalar davomida inson qadrini ulug‘lash, erkinlik, bilim, salomatlik va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar so‘nggi yillardagi islohotlarning muhim mezonlari sifatida yoritildi. Shuningdek, milliy yuksalishga xizmat qilayotgan islohotlar va yetti milliy dasturning yagona tizim sifatidagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
👍 Tadbir doirasida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqimizning tarixiy merosi va milliy o‘zligini aks ettiruvchi videomateriallar namoyish etildi.
✅ Bunday ma’rifiy uchrashuvlar xodimlarning tarixiy xotirasi va ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
Veb-sayt|Telegram|Instagram|Facebook|YouTub